O'zingiz yo'qolib ketmasangiz bas ๐คช
Vaqtida buyumingizni qabul qiling ๐
Pulimizni shitirlab naqd sanab bering!
SHUNINGDEK YUVAMIZ
gilam jun ipak averlok
mebel adyol korpa parda kalyaska
jomadon qandil marmar dacha
O'zbek tilida so'zlashuvchi, hush-muomala xodimlar. Vaqtingizga maksimum yondashamiz. Kelib gilamlarni tez yig'ib olib chiqamiz. Sizga o'lchami, kvadrati va xisoboni yuboramiz. 2-5 kunda tayyorligi xabarini berib olib kelamiz. Puli oxirida, tekshirganizdan so'ng. Eng kam buyurtma miqdori yo'q. Yo'l xaqi bepul!
ISHNI YELGILLASHTIRING ๐
TEZKOR BUYURTMA
Barcha xizmat turlariga beminnat yordam. O'zimiz yig'amiz, tushiramiz, olib ketamiz, yetkazamiz va gilamlarni joyiga yozamiz
Bizda har bir gilam alohida yuviladi. Har bir gilam qaysi matodan to'qilganini, qanday qilib to'g'ri yuvishni, yuvish gigiyenasini, nimani to'g'ri qo'llashni, qanday miqdorda qo'llashni bilamiz. Gilamlaringizni buzmaymiz. Vazifani bajarish uchun to'liq javobgarlikni o'z zimmamizga olamiz. Deformatsiya, nursizlanish, yo'qolish, kechikishlar bizda yo'q. Hidsiz qaytaramiz, bolalar va allergiklar uchun xavfisiz.
Gilamlar ustida og'ir mebel bormi? Kichkina bolalar sovuq qotmasligi uchun pollarni ochiq qoldirishni xohlamaysizmi? Shoshilinch chaqiruv asosida uyizga kelib gilamni joyida yuvish xizmati bor. Bir necha daqiqada kir, moy, slaym, flomaster, ovqat, plastilin va boshqa dog'larni olib tashlaymiz. Tezda kelamiz, gilamdagi barcha muammolarni bartaraf qilamiz: yoqimsiz hid, kuyishlar, nuqsonlar.
Eslatamiz: gilam yuvish va kimyoviy tozalashning farqi bor. Yuvishda gilamingiz suvga cho'ktiriladi. Kimyoviy tozalashda esa nam-quruq holatda tozalanadi. Bu proses qiyinroq. Afsuski ham sifatli ham arzon bo'lmaydi. Biz gilam yuvish va tozalash vositalarini eng yaxshi ishlab chiqaruvchilardan qo'llaymiz. Narxlar shunga yarasha (qimmat). Nozik gilamlarni xavfsiz yuvish xizmati bizda mavjud. Har bir gilam alohida yuviladi. Faqatgina Yevropada ishlab chiqarilgan eng yaxshi dog' oluvchi va shampunlaridan foydalanamiz: Synergetic, Frosch, Basf, Yumos, Proctor & Gamble, Corbion. Sifatga kafolat beramiz.
Bugungi kunda Toshkent xonadonlarini yorug' gilamlar qamrab oldi. Afsuski, ko'plab kompaniyalar oq gilam yuvish vazifani bajara olmaydi. Gilamlar toza qaytariladi, ammo xira ko'rinish avvalgidek. Shunchaki chayib, qaytarib bergandek go'yo. Oppoq yorqin Akril, viskoza, jun, sintetika, madal, bambuk, satendan qilingan oq va yorug' gilamlarni yuvish bizning qo'limizdan keladi. Bizning fabrikamiz chuqur tozalash, deodoratsiya, dezinfeksiya, gilamni dastlabki holatiga qadar tiklash uchun mo'ljallangan. O'zbekiston bozorida mavjud bo'lgan barcha turdagi gilamlar bilan tanishmiz. Gilamlarni qordek oppoq qilib qaytaramiz.
Qimmatbaho gilamlaringizni oddiy arzon yuvish xizmatlariga ishonib topshirishga shoshilmang. Injiq gilamlarni yuvish va tozalash bu kimyo, texnologiya hamda tabiatshunoslik bo'yicha katta bilim darajasini talab qiladigan tor ixtisoslikdir. Bu ish bilan professional texnolog shug'ullanadi. Biz gilam sifati va avvalgi holatini saqlab qolishi uchun to'liq javobgarlikni olishga tayyor yagona kompaniyamiz. Toshkentda premium toifadagi gilamlar: Italiya, Belgiya, Turkiya, Eron, O'zbekiston, Hindiston, Xitoy...dan keltirilgan qimmatbaho gilamlar bilan ishlaymiz.
Kompaniyamiz ofisi Buyuk Ipak Yo'li mavzesi C-1, Mirzo-Ulugbek tumanida joylashgan. Buyum qabul qilish joyimiz - Kichik xalqa yo'li ZO"R TV ro'parasida. Fabrikamiz Sergeli tumanida. Olib ketish va yetkazish xizmati bor. Shahar tashqarisida xizmat ko'rsatish uchun alohida to'lov undirilishi mumkin.
korxona asoschisi va boshqaruvchisi
Ismoilov Umar Usmonovich
44a Sadik Azimov Street, Tashkent
+998881331110
ucorp0123456789@gmail.com